date

Fenerbahche yetakchisi Anderson Taliskaga yangi shartnoma berdi

Fenerbahche yetakchisi Anderson Taliskaga yangi shartnoma berdi

Fenerbahche hujumkor yarim himoyachisi Anderson Taliska bilan shartnomani uzaytirganini rasman ma'lum qildi. Bu haqdagi xabar klubning rasmiy manbasida e'lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi kelishuvga ko'ra, braziliyalik futbolchi 2028 yil yozigacha Istanbul jamoasi safida to'p suradi.

Taliska Turkiyada 2025 yil yanvaridan buyon o'ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, 19 gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.

Turkiya chempionatining 20 turidan so'ng Fenerbahche turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va yetakchi Galatasaraydan 6 ochko ortda qolgan. 10 fevral, dushanba kuni Istanbul klubi Genchlerbirligi bilan bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche yetakchisi Anderson Taliskaga yangi shartnoma berdi