The Athletic talqinida tarixning eng yaxshi futbolchilari saralandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tomonidan tuzilgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning ilk o'ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglar har doim bahsli bo'lishi tabiiy: mutlaq xolis ro'yxat tuzish deyarli imkonsiz. Reddit izohlarida ham futbol ishqibozlari o'rtasida qizg'in tortishuvlar boshlandi, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi.
Shuningdek, sovet futboli afsonasi Lev Yashin mazkur reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing