date

Al-Nasr Ronaldu talablaridan ikkitasini bajarib berdi

Al-Nasr Ronaldu talablaridan ikkitasini bajarib berdi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik hujumchi dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko‘ra, Ronaldu tomonidan bo‘lgan bosim fonida «Al-Nasr» rahbariyati ikki muhim talabni ado etdi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so‘nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni to‘liq yopdi.

Shuningdek, Ronalduga yaqin bo‘lgan sport bo‘limidagi Joze Semedu va Simau Kontinyo avvalgi vakolatlarini qayta tikladi. Bungacha ushbu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o‘ynay olmagan.

«Al-Nasr» hozirda Pro-liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu talablaridan ikkitasini bajarib berdi