Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubda yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimga Marcelo Delgado kelib qo‘shildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda va endi Delgado — Rikelme tandemi aynan shu yo‘nalishda faol ish olib borishi kerak.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u Argentina milliy jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 o‘yin o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — ushbu ko‘rsatkichda «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!