The Athletic talqinida tarixning eng kuchli futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi eng yaxshi 100 futbolchi reytingi keng tarqalmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Roʻyxatning kuchli oʻntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yohann Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.
Qayd etilishicha, bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish oson emas. Reddit’dagi futbol muxlislari orasida ham qizgʻin bahslar boshlandi: ayrimlar uch karra jahon chempioni Pele nega faqat uchinchi oʻrinda qolganidan norozi.
Shuningdek, darvozabonlar orasida afsona sanaladigan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pogʻonadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing