date

Rossiya 2036-yilgacha moʻljallangan oy dasturini eʼlon qildi

Rossiya 2036-yilgacha moʻljallangan oy dasturini eʼlon qildi

Rossiya oʻzining oy dasturi boʻyicha yaqin oʻn yillik uchun yangi rejalarni belgilab oldi. Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti ilmiy rahbari Lev Zelyoniyning taqdimotiga koʻra, “Luna-31” missiyasini uchirish 2035-yilga rejalashtirilgan. Ushbu loyiha doirasida Yerning tabiiy yoʻldoshiga qoʻnish va uchish apparati yuborilib, u Oyning eng sirli va noyob hududlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Dasturga koʻra, 2033-yilda “Luna-30” ogʻir lunoxodi qutb yaqinidagi hududlarni tadqiq qilsa, 2035-yilda “Luna-31” missiyasi ish boshlaydi. 2036-yilda esa astronomiya, resurslar va biologiya masalalariga ixtisoslashgan navbatdagi qoʻnish apparati uchirilishi koʻzda tutilgan. Bu missiyalar Rossiyaning ketma-ket amalga oshiriladigan oy ekspeditsiyalarining mantiqiy davomi boʻladi.

Bundan avvalroq “Luna-26” va “Luna-27” loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. “Luna-26” orbital stansiyasi dastlab 60–80 km balandlikda ishlab, keyinchalik maʼlumotlarni uzatuvchi retranslyator vazifasini bajaradi. “Luna-27” missiyasi esa yuqori aniqlikdagi xavfsiz qoʻnish texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish va qutb hududlarida tadqiqotlar olib borish uchun oʻta muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik ham rivojlanmoqda. 2025-yil may oyida Roskosmos va Xitoy milliy koinot maʼmuriyati Xalqaro ilmiy oy stansiyasi uchun elektr stansiyasi qurish boʻyicha memorandum imzolagan edi. Ushbu loyiha kelajakda insonning Oyda boʻlishini taʼminlash uchun uzoq muddatli uchuvchisiz ishlash texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish imkonini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiya 2036-yilgacha moʻljallangan oy dasturini eʼlon qildi