Al-Nasr Ronaldu qo'ygan ikki talabni bajarib berdi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlash arafasida. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko'ra, Ronaldu tomonidan bosim kuchaygan bir paytda «Al-Nasr» rahbariyati ikki muhim talabni bajarib berdi. Birinchidan, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni to'liq yopdi. Ikkinchidan, Ronalduga yaqin hisoblangan sport yo'nalishidagi mutaxassislar — Joze Semedu va Simao Kontinyo — avvalgi vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq ular qishki transfer kampaniyasida asosiy qarorlarga ta'sir ko'rsata olmagan.
Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!