date

O‘zbekiston xokkeychilari rekord o‘rnatib, g‘alabalarni davom ettirmoqda

O‘zbekiston xokkeychilari rekord o‘rnatib, g‘alabalarni davom ettirmoqda

Hozirgi kunlarda xokkey bo‘yicha jahon chempionatining “B” guruhi uchinchi divizionida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib natijalar qayd etmoqda. Jamoa qisqa vaqt ichida 88 ta shayba kiritib, turnirdagi eng samarali ishtirokchilardan biriga aylandi.

O‘zbekiston xokkeychilari to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida ishonchli va yirik hisoblarda g‘alaba qozondi. Xususan, jamoa Mo‘g‘ulistonni 26:1, Filippinni 28:3, KXDRni 20:3 hamda Lyuksemburgni 14:0 hisobida mag‘lub etdi.

Eʼtiborli jihati shundaki, aynan Lyuksemburgga qarshi o‘yinda turnir rekordi yangilandi. Bungacha bir chempionat doirasida eng ko‘p gol kiritish natijasi Qirg‘iziston jamoasiga tegishli bo‘lib, ular 2023 yilda 76 ta shayba kiritgan edi. Endi esa bu ko‘rsatkich O‘zbekiston nomiga yozildi.

Terma jamoamizni oldinda yana bir muhim bellashuv kutmoqda. O‘zbekiston xokkeychilari Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Maʼlum qilinishicha, “B” guruhida birinchi o‘rinni egallagan jamoa keyingi bosqich — “A” guruhiga yo‘l oladi. Ayni paytda O‘zbekistonning ishonchli o‘yini va yuqori samaradorligi uning bu vazifani uddalashiga katta umid bag‘ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston xokkeychilari rekord o‘rnatib, g‘alabalarni davom ettirmoqda