Al-Nasr Ronaldu talablarini bajarib, uning noroziligini tugatdi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz hafta oxiri Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
A Bola xabariga ko‘ra, Ronaldu bosimi fonida «Al-Nasr» rahbariyati ikki talabni bajardi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so‘nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin bo‘lgan sport bo‘limi vakillari — Joze Semedu va Simau Kontinio — vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq bu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o‘ynay olmagan.
Hozir «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing