date

Djikija Antalyaspor dagi holati haqida qisqa javob berdi

Djikija Antalyaspor dagi holati haqida qisqa javob berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikija Turkiyadagi faoliyati bo‘yicha berilgan savollarga munosabat bildirdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistlar Djikijadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani haqida so‘raganida, u "hammasi yaxshi" ekanini aytdi. Turkiyadagi sharoitlar ham futbolchini qoniqtirayotganini himoyachi tabassum bilan tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Djikija o‘tgan yozda "Antalyaspor" safiga kelib qo‘shilgandi. Shundan buyon u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikija Antalyaspor dagi holati haqida qisqa javob berdi