date

Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa fikr bildirdi

Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa intervyusidan lavhani «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlar qanday ketayotgani so‘ralganda, u «hammasi yaxshi» deya javob berdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoitlardan ham mamnun ekanini tabassum bilan tasdiqladi.

Jikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Hozirda «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13-fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyasporidagi holati haqida qisqa fikr bildirdi