Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga yangi nomzodni e’lon qildi — endi bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor, shu sabab Delgado va Rikelme oldida transfer hamda sport siyosati bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
2003 yilda esa Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu ko‘rsatkichda «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bir xil natija qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!