Boka Xuniors Marceloni sport direktori etib tayinladi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubda yangi sport direktori ish boshlaganini rasman e’lon qildi. Bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avval «Barselona»da ham to‘p surgan Rikelme bilan birga jamoaga tezkor kuchaytirishlar zarurligi sabab, transfer bozorida faol ishlash ularning asosiy vazifalaridan bo‘ladi.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogi to‘purarlari ro‘yxatida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga birinchi o‘rinni egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!