date

Chikago Fayr murabbiyi Levandovski bo'yicha fikr bildirdi

Chikago Fayr murabbiyi Levandovski bo'yicha fikr bildirdi

Amerikaning «Chikago Fayr» klubi bosh murabbiyi Gregg Berhalter «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining ehtimoliy transferi yuzasidan munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis muzokaralar tafsilotiga kirishishni istamasligini aytib, polshalik forvardning darajasini alohida ta'kidladi: u top-5 ligalarda so'nggi 15 yil ichida eng ko'p gol urgan futbolchi ekanini eslatdi. Berhalterga ko'ra, Levandovski qaysi jamoada o'ynamasin, doim yuqori saviyasini isbotlaydi va u anchadan beri futbolchining muxlisi.

Avvalroq OAVda «Chikago Fayr» Levandovskiga ikki yillik shartnoma taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Levandovskining «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi kelishuvi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida tugaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chikago Fayr murabbiyi Levandovski bo'yicha fikr bildirdi