Boka Xuniors klubida yangi sport direktori ish boshladi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi: endi bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni qisqa muddat ichida kuchaytirishga muhtoj. Shu bois Delgado va Rikelme transfer bozorida faol harakat qilib, jamoani zarur pozitsiyalarda mustahkamlash ustida ish olib boradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng sermahsul to‘purari bo‘lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!