Atletiko Ederson transferi bo'yicha Atalanta bilan yana muzokara qiladi

Madridning «Atletiko» klubi Italiya «Atalanta»sida to'p surayotgan braziliyalik yarim himoyachi Ederson Lourenso bo'yicha kelishuvga erishish uchun yana harakat boshlamoqchi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
26 yoshli futbolchining «Atalanta» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Ederson o'zini yuqori saviyadagi ijrochi sifatida ko'rsatib ulgurgani uchun Yevropaning bir qator yirik klublari nazariga tushgan.
«Atalanta» esa uni tarkibda olib qolishni istamoqda va futbolchini faqat katta summa evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Qishki transfer oynasida «Atletiko» rad javobini olganidan so'ng, tomonlar mart oyida muzokaralarni qayta yo'lga qo'yishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Ederson 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!