date

Ronaldu sukutni buzdi va klub bazasidan ishora qildi

Ronaldu sukutni buzdi va klub bazasidan ishora qildi

Krishtianu Ronaldu so‘nggi o‘yinlarda «Al-Nasr» safida ko‘rinmadi va jamoaning bir nechta uchrashuvlarini boykot qilgani aytildi. Bundan tashqari, portugaliyalik hujumchi ketma-ket besh kun davomida ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday post qoldirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Seshanba kuni 41 yoshli futbolchi nihoyat jimlikni buzdi. Ronaldu klub bazasida olingani taxmin qilinayotgan suratni e’lon qilib, kadrda ikki barmog‘ini yuqoriga ko‘tarib, ommabop ishorani ko‘rsatdi. Post tagiga u mos emodzini ham qo‘shib qo‘ydi.

Avvalroq OAVda Ronaldu klub uning bir qator talablarini bajargach, boykotni yakunlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni paytda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yetakchi «Al-Hilol» esa undan atigi bir ochko oldinda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu sukutni buzdi va klub bazasidan ishora qildi