Boka Xuniors yangi sport direktori bilan ish boshladi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman ma’lum qildi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Shu sabab Delgadoning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga transfer siyosatini tartibga solish va jamoani zarur pozitsiyalarda mustahkamlash bo‘ladi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!