Real himoyachisi Ximenes Arbeloa kutganidan ham yaxshiroq o'ynadi

Madridning «Real» klubida o'ng qanot himoyachisi David Ximenes yaqin kelajakda asosiy jamoada mustahkam o'rin egallashi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21 yoshli futbolchi La Ligadagi so'nggi «Valensiya»ga qarshi bahsda ilk bor start tarkibida maydonga tushdi. «Mestalya»dagi uchrashuv 2:0 hisobida «qaymoqranglilar» foydasiga yakunlandi. Jurnalist Ruben Martin xabariga ko'ra, bosh murabbiy Alvaro Arbeloa Ximenesning o'yinidan juda mamnun bo'lgan. Arbeloa futbolchining imkoniyatlarini «Kastilya»dagi hamkorlikdan yaxshi bilsa-da, Ximenes baribir kutganidan ham yuqori darajada harakat qilgan. Endilikda yosh ispaniyalik asosiy tarkib o'yinlariga tez-tez jalb etilishi kutilmoqda.
Ximenes hozirga qadar «Real» safida to'rtta uchrashuvda qatnashgan, ulardan ikkitasi Ispaniya Kubogi doirasida bo'lib o'tgan. Mart oyida u 22 yoshga to'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!