Kastroning nabirasi Trampga yashirin xat yo‘lladi

Raul Kastroning nabirasi Rodriges Kastro AQSH prezidenti Donald Trampga qaratilgan maxfiy maktub bilan bog‘liq holat jamoatchilik e’tiboriga tushdi.
Xalqaro OAV, jumladan “The Wall Street Journal” xabar berishicha, mazkur maktub diplomatik kanallar orqali emas, balki noan’anaviy usulda yetkazishga urinilgan. U Gavanadagi tadbirkor orqali yashirin tarzda yuborilgan bo‘lib, keyinchalik Mayami aeroportida to‘xtatib qolingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maktub rasmiy diplomatik uslubda tayyorlangan va unda Kuba davlatining muhri ham mavjud bo‘lgan. Unda Kuba tomonidan AQSHga nisbatan ehtimoliy harbiy harakatlar haqida ogohlantirish bildirilgani qayd etiladi.
Shu bilan birga, maktubda iqtisodiy hamkorlik, investitsiyaviy kelishuvlar hamda AQSH tomonidan qo‘llanilayotgan sanksiyalarni yumshatish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!