Bergkamp Benzema harakatlarini yosh hujumchilarga namuna qilgan

Futbol afsonasi Dennis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirib, uning maydondagi o‘yini va aql bilan harakatlanishini yuksak baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bergkampning aytishicha, u yoshlar jamoalarida ishlagan paytida ko‘p bor aynan Benzemaning maydondagi ochilishlari va keskin yugurishlarini misol qilib ko‘rsatgan. Mutaxassis Benzemaning to‘pga chiqish va zonalarni topishdagi harakatlari hujumchilar uchun ideal dars bo‘la olishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, qishki transfer oynasida Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing