date

Romano Vlahovichning Barselonaga o'tishi haqidagi gaplarni rad etdi

Romano Vlahovichning Barselonaga o'tishi haqidagi gaplarni rad etdi

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovichning «Barselona»ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar so‘nggi kunlarda yana kuchaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serbiyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkinligi aytilmoqda: uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Bu mavzu Serbiya terma jamoasi murabbiylar shtabi vakilining fikrlaridan keyin yanada qizib ketdi.

Insayder Fabritsio Romano esa bu xabarlarga oydinlik kiritdi: uning ta’kidlashicha, Serbiya tomoni bildirgan gaplar haqiqatga mos emas. Romano Vlahovich hech kim bilan kelishuvga erishmaganini, «Yuventus» sport direktori Ottolini ham shartnomani uzaytirish variantini inkor etmayotganini qayd etdi. Shuningdek, «Barselona» oktyabr oyida futbolchi bilan aloqaga chiqqani rost, biroq masala ko‘p jihatdan Robert Levandovski bilan bog‘liq vaziyatga taqaladi.

Avvalroq Vlahovich uchun «Bavariya», «Milan» va boshqa klublar ham da’vogar sifatida tilga olingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Romano Vlahovichning Barselonaga o'tishi haqidagi gaplarni rad etdi