date

Romano Vlahovichning Barselonaga ehtimoliy transferiga izoh berdi

Romano Vlahovichning Barselonaga ehtimoliy transferiga izoh berdi

“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovichning “Barselona”ga o‘tishi borasidagi mish-mishlar Yevropa futbolida yana kun tartibiga chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serbiyalik forvard kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkinligi aytilmoqda: futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Serbiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan yangragan gaplar esa bu taxminlarni yanada kuchaytirgandi.

Biroq mashhur insayder Fabritsio Romano bu boradagi xabarlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terma jamoa vakilining bayonoti haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi: Vlahovich hali hech kim bilan kelishuvga erishmagan, “Yuventus” sport direktori Ottolini esa shartnomani uzaytirish variantini ham istisno qilmayapti. Romano, shuningdek, “Barselona” oktyabr oyida futbolchi bilan aloqaga chiqqanini, ammo keyingi qadamlar Robert Levandovskining holati va klubdagi vaziyatga bog‘liqligini ta’kidladi.

Vlahovichga qiziqish bildirayotgan klublar ro‘yxatida “Bavariya”, “Milan” va boshqa jamoalar ham tilga olinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Romano Vlahovichning Barselonaga ehtimoliy transferiga izoh berdi