Ribering advokati unga qo'yilgan ayblovlarni rad etdi

So'nggi kunlarda oshkor qilingan «Epshteyn fayllari» butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Mazkur hujjatlar futbol olamiga ham ta'sir qildi — ularda Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va «Bavariya»ning eks-yulduzi Frank Ribering ismi ham tilga olingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyatdan so'ng Ribering manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Karlo Alberto Bruza ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirdi. U tarqalgan ma'lumotlarni yolg'on, deya atadi.
«Bu feyk! Ertaga men janob Ribering advokati sifatida chiqish qilaman va mijozim hamda uning oilasi sha'niga putur yetkazayotgan yolg'on xabarlarni tarqatganlarni jazolash uchun barcha zarur huquqiy choralarni ko'raman», — deb yozdi Bruza.
Ribering nomi e'lon qilingan materiallarning uch betida uchragani aytilmoqda. Unda taxminiy jabrlanuvchi futbolchini noqonuniy fohishalik bilan bog'liq aloqalarda ayblagan, shuningdek, Ribering iltimosiga ko'ra uchinchi shaxs tomonidan bir odamga hujum uyushtirilganini ham da'vo qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!