date

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'lni tanladi

Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'lni tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo'yicha strategiyasini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko'ra, jamoa bu safar tavakkali past, ammo kelajakda katta foyda berishi mumkin bo'lgan futbolchilarga ustuvorlik berishni maqsad qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Bavariya» bir nechta yosh iqtidorlarni tarkibga qo'shmoqchi: ular yaqin vaqtda asosiy jamoada foyda keltirishi yoki vaqt o'tib transfer orqali klubga daromad olib kelishi mumkin.

Shu tariqa, klub joriy yilda katta yulduzlarni olib kelishni rejalashtirmasligi ehtimoli yuqori. Bunday yondashuv to'g'rimi — savol ochiq, ammo siyosat aniq: riskni kamaytirish.

«Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Raqib esa qish yakunida ma'lum bo'ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya yozgi transferlarda ehtiyotkor yo'lni tanladi