Bergkamp Benzemaning harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘qitganini aytdi

Futbol afsonalaridan biri Dennis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirib, uning maydondagi o‘yin uslubini alohida e’tirof etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bergkampning ta’kidlashicha, u yoshlar jamoalarida ishlagan paytida Benzemaning maydondagi to‘g‘ri joy tanlashi va o‘z vaqtida qiladigan yugurishlarini ko‘p bor misol qilib ko‘rsatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Benzemaning keskin ryvoklari hujumchilarga o‘rnak bo‘ladigan darajada ta’sirli bo‘lgan.
Qishki transferlar oynasida Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda qatnashib, 19 ta gol urdi va 1 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing