Ronaldu bilan bog'liq vaziyatdan so'ng Al-Nasr rahbari ketdi

Krishtianu Ronalduning noroziligi klub ichida iz qoldirgani ko'rinmoqda. Arriyadiyah xabariga ko'ra, Muhammad as-Skit «Al-Nasr» direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste'fo berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, funksioner qarorini shaxsiy sabablar bilan izohlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.
Avvalroq «Al-Nasr»da Ronalduga yaqin bo'lgan portugaliyaliklar — Joze Semedu va Simao Koutinyo vakolatlari qayta tiklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, yulduz hujumchiga klub ichki muammolarni bartaraf etish bo'yicha va'dalar bergani aytiladi.
Qayd etilishicha, «Al-Nasr» boshqaruvidagi o'zgarishlar davom etadi. Jamoa hozirda chempionat jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing