Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega dam olayotganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada jamoa safida yana ko‘rinishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, murabbiylar shtabi tig‘iz taqvim fonida Ronalduni va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarni asrashga qaror qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoani oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin kutmoqda.
Mutaxassis, shuningdek, Ronalduning bunday uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini qo‘shimcha qildi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan bahslarda birinchi marta maydonga tushmayotgani yo‘q.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!