date

Yaponiya smartfonlar uchun to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldosh aloqasini yo'lga qo'ydi

Yaponiya smartfonlar uchun to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldosh aloqasini yo'lga qo'ydi

Yaponiyaning eng yirik mobil aloqa operatori "NTT Docomo" 2026 yil 27 aprel kuni mamlakatda "Starlink Direct" xizmatini rasman ishga tushirdi. Ushbu texnologiya "SpaceX" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, smartfonlarning to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldosh bilan bog'lanishini ta'minlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi xizmat foydalanuvchilarga yer usti tayanch stansiyalari mavjud bo'lmagan hududlarda ham aloqada qolish imkonini beradi. Endilikda tog''li hududlar, uzoq orollar va ochiq dengizda ham ovozli qo'ng'iroqlar, SMS xabarlar va ma'lumotlar uzatish imkoniyati paydo bo'ldi.

"Starlink Direct" texnologiyasi oddiy 4G (LTE) standartidagi smartfonlar bilan qo'shimcha antennalarsiz ishlaydi. Sun'iy yo'ldoshlar koinotdagi mobil aloqa minoralari vazifasini bajarib, aloqa qamrovi bo'lmagan "o'lik nuqtalar" muammosini bartaraf etadi.

Hozirda Yaponiyaning boshqa yirik operatorlari, jumladan "SoftBank" va "KDDI" ham ushbu texnologiyani sinovdan o'tkazmoqda. Bu tizim ayniqsa favqulodda vaziyatlarda va tabiiy ofatlar vaqtida aloqa barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yaponiya smartfonlar uchun to'g'ridan-to'g'ri sun'iy yo'ldosh aloqasini yo'lga qo'ydi