date

Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

Turkiyaning «Antalyaspor» klubi himoyachisi Georgiy Jikiya jamoadagi vaziyati yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiya klubdagi ishlari qanday ketayotgani haqida berilgan savolga «hammasi yaxshi» deya javob qaytardi. Turkiyadagi sharoitlar ham uni to‘liq qoniqtirayotganini futbolchi tabassum bilan tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Georgiy Jikiya «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Shundan beri u barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi