Ronalduning taʼsiri Al-Nasr rahbari lavozimidan ketdi

Krishtianu Ronaldu atrofidagi boykot voqealari ortidan «Al-Nasr»da kutilmagan qaror qayd etildi. Arriyadiyah xabariga ko'ra, klub direktorlar kengashi raisi Muhammad as-Skit isteʼfo arizasini topshirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, amaldor bu qarorini shaxsiy holatlar bilan izohlagan, biroq tafsilotlarni ochiqlamagan.
Avvalroq «Al-Nasr»da Ronalduga yaqin bo'lgan portugaliyaliklar — Jozе Semedu va Simao Koutinyo — vakolatlari qayta tiklangani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi. Shuningdek, yulduz hujumchiga klub ichki muammolarni bartaraf etish bo'yicha vaʼdalar bergani ham tilga olinmoqda.
Qayd etilishicha, «Al-Nasr»ning boshqaruv tizimidagi o'zgarishlar hali davom etadi. Jamoa hozirda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!