date

Bergkamp Benzemaning harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘qitganini aytdi

Bergkamp Benzemaning harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘qitganini aytdi

Futbol afsonasi Dennis Bergkamp fransuz hujumchisi Karim Benzema haqida fikr bildirib, uning maydondagi o‘yini va foydali harakatlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bergkampning ta’kidlashicha, u yoshlar jamoalarida ishlagan paytida forvardlarga aynan Benzemaning joy tanlashi va yugurishlarini misol qilib ko‘rsatgan. Mutaxassis Benzemaning keskin ryvoklari va harakatlari hujumchilar uchun ideal namuna bo‘lganini qayd etdi, deb yozadi The Overlap.

Qishki transferlar oynasida Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bergkamp Benzemaning harakatlari bilan yosh hujumchilarni o‘qitganini aytdi