date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam beradi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam beradi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, aynan shu o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarni asrashga qaror qilgan. Murabbiy buni oldinda turgan muhim "Al-Fatех"ga qarshi uchrashuv bilan izohladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosga ko'ra, Jezush Ronalduning dam olishi yangilik emasligini ham qayd etgan: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim o'yinlarni avval ham o'tkazib yuborgan.

Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fatех" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba kuni, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam beradi