Di Mariya Argentinada simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytgach, dastlab yaxshi taassurot qoldirdi. Biroq tez orada uning atrofida salbiy fon kuchaydi: muammo o'yin natijalaridan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligi bilan bog'liq. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionatida «Rosario Sentral» safida to'p surayotgan tajribali futbolchining maydondagi harakatlari keskin tanqid qilinmoqda. Mahalliy forumlarda di Mariyani tez-tez yiqilishlar va jarima maydonida penalti “so'rash”ga urinishi uchun koyishmoqda, ayrimlar esa hakamlar uning bunday epizodlariga yetarlicha e'tibor bermayotganini ta'kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing