Jezush Ronalduning nega dam olishini izohladi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqin o‘yinda maydonga tushmasligi sababini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar Ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi o‘ynaydi. Ronalduning boykotdan so‘ng tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu uchrashuvda ham u tarkibda bo‘lmaydi.
Jezushning aytishicha, zich taqvim bois Ronaldo va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilingan. Murabbiy buni oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim bellashuv turgani bilan izohladi.
Shuningdek, u Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi yangilik emasligini ham ta’kidladi.
Saudiya Pro-ligasi doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!