date

Djikiya Antalyaspor dagi holati haqida gapirib berdi

Djikiya Antalyaspor dagi holati haqida gapirib berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi faoliyati va klubdagi vaziyati borasidagi savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining qisqa intervyusidan lavhani "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Djikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoitlar to'liq qoniqtirayotgani haqida ham tabassum bilan tasdiqlab o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Djikiya o'tgan yozda "Antalyaspor" safiga qo'shilgan. Shundan beri u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.

Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya Antalyaspor dagi holati haqida gapirib berdi