Boka Xuniors yangi sport direktori nomini e'lon qildi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga yangi mas'ul tayinlanganini ma'lum qildi. Endi bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. “Boka Xuniors” tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois rahbariyat jamoani mustahkamlash borasidagi ishlarni aynan shu tandem orqali jadallashtirmoqchi.
Yangi sport direktorining futbolchilik faoliyati ham e'tiborga molik: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Delgado 2003 yilda Libertadores kubogida eng ko'p gol urgan futbolchilardan biri bo'lgan. U bu ko'rsatkich bo'yicha Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birinchi o'rinni bo'lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!