date

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida fikr bildirdi

Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati borasidagi savollarga javob qaytardi. 32 yoshli futbolchining qisqa izohi «FNL s Il'evym» telegram-kanalida e'lon qilingan videoda namoyish etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so'ralganda, u «Hammasi yaxshi, rahmat», dedi. Turkiyadagi sharoitlar haqida savolga esa u tabassum bilan «Bu yerda hammasi ko'ngildagidek», deya javob berdi.

Jikiya o'tgan yozda «Antalyaspor» safiga kelib qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.

Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 13-fevral kuni o'z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida fikr bildirdi