Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga dam berilganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik yulduz hujumchining maydonga tez orada qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu uchrashuvda u yana tarkibda bo‘lmaydi.
«Jadval juda tig‘iz. Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qildik, chunki oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin turibdi», — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Mutaxassis Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi avval ham ko‘p bor kuzatilganini ham qo‘shimcha qildi.
Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!