date

Djikiya Antalyaspor bilan Turkiyadagi holatini izohladi

Djikiya Antalyaspor bilan Turkiyadagi holatini izohladi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiya klubidagi hozirgi ahvoli haqida fikr bildirdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan video "FNL s Ilyovym" telegram-kanalida e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

— "Antalyaspor"da ishlar qanday?

— Hammasi yaxshi, rahmat.

— Turkiyada hammasi ko‘ngildagidekmi?

— Ha, Turkiyada hammasi joyida, — dedi Djikiya tabassum bilan.

Djikiya "Antalyaspor" safiga o‘tgan yozda kelib qo‘shilgandi. Shundan buyon u 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Hozir "Antalyaspor" Turkiya Superligasi jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13-fevral kuni o‘z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya Antalyaspor bilan Turkiyadagi holatini izohladi