Ronalduning qizi bilan birga zalda mashg'uloti e'tiborda

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Kadrda hujumchi sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor: u ham qo'lida gantel ushlab turibdi, faqat kichik o'lchamdagisi — pushti rangda.
Jorjina suratga “Dada” deb izoh qoldirdi. Avvalroq u Ronalduni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan, biroq post futbolchining 41 yoshga to'lganidan bir kun o'tib e'lon qilingani ham diqqat tortgan.
Ma'lumot uchun, Ronaldu «Al-Nasr»ning so'nggi bir nechta o'yinlarida maydonga tushmadi. OAVda esa portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani sabab uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!