Georgiy Djikiya Turkiyadagi holati haqida fikr bildirdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiya Turkiyadagi klubi bilan bog'liq vaziyat yuzasidan qisqa izoh berdi. 32 yoshli futbolchining so'zlari aks etgan videoni "FNL s Ilyovym" telegram-kanali e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalistning "Antalyaspor"dagi ishlaringiz qalay?" degan savoliga Djikiya: "Hammasi yaxshi, rahmat", deya javob qaytardi.
Keyingi savolda ham Turkiyadagi sharoit va holatidan qoniqish bor-yo'qligi so'ralganda, himoyachi tabassum bilan "Turkiyada hammasi ko'ngildagidek" dedi.
Djikiya "Antalyaspor" safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. Shu vaqt ichida u 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga ham ulgurdi.
Hozirda "Antalyaspor" Turkiya Superligasi jadvalida 14-o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 fevral kuni o'z maydonida "Samsunspor"ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!