Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubning yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado keldi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme oldida transferlar bo‘yicha muhim vazifalar turibdi. Rahbariyat duetdan jamoani qisqa muddatda raqobatbardosh holatga keltirish bo‘yicha aniq qadamlar kutmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Endilikda Delgado bu tajribasini «Boka Xuniors»dagi yangi vazifasida ishga soladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!