date

Kapello Ronalduni Messi va Maradona bilan tenglashtirmadi

Kapello Ronalduni Messi va Maradona bilan tenglashtirmadi

Rossiya terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubini avval boshqargan Fabio Kapello portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Italiyalik mutaxassisga ko‘ra, Ronaldu — buyuk to‘purar va jismonan juda kuchli sportchi. Biroq Kapello uning o‘yinida Messi, Maradona va Ronaldo darajasidagi tug‘ma daholik yo‘qligini ta’kidlab, Krishtianuni aynan shu uch futbolchi bilan solishtirish noto‘g‘ri ekanini aytdi. Mutaxassisning so‘zlarini A Bola nashri keltirdi.

Hozir 40 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surmoqda. Yulduzli forvardning shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, uning transfer bahosi esa 12 million yevroga teng deb baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kapello Ronalduni Messi va Maradona bilan tenglashtirmadi