Boka Xuniors yangi sport direktori sifatida Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori lavozimiga yangi nomzod tasdiqlandi: endi bu mas’uliyat Marselo Delgado zimmasida bo‘ladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati kun tartibida turibdi. Shu sabab Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda seleksiya yo‘nalishida aniq yechimlar topishi kerak bo‘ladi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lib, bu sovrinni «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!