date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berilganini aytdi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berilganini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani haqida gaplar bo'lsa-da, bu o'yinda ham u ro'yxatda bo'lmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy buning ortida shanba, 14-fevral kuni "Al-Fateh"ga qarshi Saudiya chempionati doirasidagi muhim uchrashuv turganini urg'uladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosga ko'ra, Jezush Ronalduga dam berish "yangilik emasligi"ni ham qo'shimcha qilgan: hujumchi Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan ayrim o'yinlarda avval ham qatnashmagan.

"Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berilganini aytdi