Syomin Safonovning PSJdagi o'yiniga baho berdi

Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Yuriy Syomin «Yevro-Futbol.Ru»ga bergan intervyusida PSJ darvozaboni Matvey Safonovning jamoa safidagi o'yin samaradorligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Syominning aytishicha, Safonov hozir PSJning aniq birinchi raqamli posboni sifatida asosiy tarkibda maydonga tushishni mehnati bilan qo'lga kiritgan. Murabbiy, agar darvozabon xatoga yo'l qo'ysa, o'yin amaliyoti kamayishi mumkinligini ham ta'kidladi.
26 yoshli darvozabon joriy mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida to'rtta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol o'tkazib yuborgan, ikki bahsda esa darvozasini daxlsiz saqlab qolgan. Shuningdek, u Chempionlar ligasida ikki o'yinda maydonga tushib, bir gol o'tkazgan.
Safonovning fransuz grandi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!