date

Al-Hilol Kalidu Kulibalining shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi

Al-Hilol Kalidu Kulibalining shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi

Markaziy himoyachi Kalidu Kulibali kelasi mavsum ham «Al-Hilol» safida to'p suradi. Saudiya klubi rasmiy saytida senegallik futbolchi bilan amaldagi bitim uzaytirilganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi kelishuv hujjatlariga imzo chekkan Kulibali «Al-Hilol» bilan 2027 yilning o'rtalarigacha bog'lanib qoladi.

Kulibali jamoaga 2023 yilda qo'shilgandi. U bungacha Yevropada «Mets», «Genk», «Napoli» va «Chelsi» kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Futbolchi Saudiya Arabistoniga ko'chishida moliyaviy omil muhim bo'lganini yashirmagan, biroq keyinchalik mahalliy liga darajasi ham yomon emasligini ta'kidlagan.

Hozirda «Al-Hilol» Saudiya Pro-ligasida turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Al-Nasr» bir ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Kalidu Kulibalining shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi