date

Arbeloa Karvaxal bilan suhbatdan so'ng Ximenesni dub'lga qaytardi

Arbeloa Karvaxal bilan suhbatdan so'ng Ximenesni dub'lga qaytardi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'ng qanot himoyachisi David Ximenesni yana “Kastilya” safiga tushirishga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21 yoshli futbolchi yaqinda La Ligada “Valensiya”ga qarshi o'yinda (2:0) “qaymoqranglilar” safida ilk daqiqalardan maydonga tushib, o'zini ijobiy tomondan ko'rsatgandi. OAVlar u murabbiy kutganidan ham yaxshiroq taassurot qoldirganini yozgan edi. Biroq Marca ma'lumotiga ko'ra, Arbeloa Daniyel Karvaxal bilan vaziyatni muhokama qilgach, Ximenesni baribir “Kastilya”ga qaytarishga qaror qilgan. Xabar qilinishicha, 34 yoshli tajribali futbolchi shaxsiy suhbatda murabbiyni o'z formasiga ishontira olgan.

Kutilishicha, yaqin o'yinlarda Karvaxal asosiy tarkibga qaytadi, unga raqobatni esa jarohatdan forig' bo'lgan Trent Aleksander-Arnold kuchaytiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Karvaxal bilan suhbatdan so'ng Ximenesni dub'lga qaytardi