Javohir Sindorov Nomzodlar turniri g‘olibi bo‘lib Vatanga qaytdi (video)

Hamyurtimiz Javohir Sindorov 2026-yilgi FIDE Nomzodlar turnirida g'oliblikni qo'lga kiritib, Vatanga qaytdi. Toshkent xalqaro aeroportida chempionni muxlislar va rasmiy shaxslar tantana bilan kutib olishdi. Shuningdek, Prezident farmoni bilan Javohir Sindorov "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.
2026 yilgi FIDE Nomzodlar turniri yakunlanib, unda hamyurtimiz Javohir Sindorov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yuqori darajada o‘tdi va dunyo shaxmat jamoatchiligi eʼtiborini tortdi.
16 aprel kuni turnirda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sindorovning muvaffaqiyati rasman eʼtirof etildi va uning nomi jahon shaxmatida yana bir bor yorqin namoyon bo‘ldi.
Bugun esa chempion Vataniga qaytib keldi. Toshkent xalqaro aeroportida uni katta tantana bilan kutib olish marosimi tashkil etildi. Muxlislar, sport jamoatchiligi va rasmiylar uni iliq qarshiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordeni berildi. Aynan aeroportda bo‘lib o‘tgan marosimda Bosh vazir Abdulla Aripov ushbu farmonni yig‘ilganlarga rasman o‘qib eshittirdi.































Izohlar 0
…